Sanoat mexanikasi mutaxassisi
Germaniya· Doimiy ish
RRG AG orqali Germaniyada ishlab chiqarish mashinalari va tizimlarini texnik xizmat ko'rsatish yo'nalishida 30 nafar sanoat mexanikasi mutaxassisiga ish o'rni.
Vazifalar:
- Ishlab chiqarish mashinalari va tizimlaridagi nosozliklarni bartaraf etish
- Germaniya xavfsizlik qoidalariga (DGUV 3) muvofiq tizimlarga texnik xizmat ko'rsatish, ta'mirlash va sinovdan o'tkazish
- Konversiya va optimallashtirish choralari, shuningdek tizimlarni yangi qurish va ishga tushirish
Oylik: 2.500 EUR
Ish vaqti: Haftada 40 soat (5/2)
Ijtimoiy himoya va tibbiy sug'urta taqdim etiladi.
Imtiyozlar: nomzod 6-8 oy davomida A1 dan B1 darajagacha Toshkent shahrida bepul nemis tili kursida bepul yotoqxona bilan o'qitiladi. Til sertifikati uchun imtihon, hujjatlarni nostrifikatsiya qilish, tarjima va viza xarajatlari qoplanadi. Aviachipta beriladi.
Talablar
- Yoshi: 18 dan 39 yoshgacha
- Ta'lim darajasi: 2 yillik texnikum/kollej diplomi (sanoat mexanikasi yo'nalishi)
- Ish tajribasi: so'nggi 5 yilda kamida 2 yil sanoat mexanikasi sohasida (my.gov orqali tasdiqlanadigan)
- Sinov muddati: 6 oy
- Shaxsiy fazilatlar: jismonan baquvvat, jamoaviy ishlash ko'nikmasi, mehnatsevarlik, ishonchlilik va aniqlik
- Turar joy taqdim etilmaydi
Manba: Migratsiya agentligi, "Xorijda ish" platformasi, e'lon №1398