Hamshira — Köln shahrida
Köln, Germaniya· Doimiy ish
RECRUITMED GMBH & CO. KG orqali Germaniyaning Köln shahridagi sog'liqni saqlash muassasalarida 100 nafar hamshiraga ish o'rni.
Vazifalar:
- Sog'liqni saqlash muassasalarida faoliyat olib borish
Oylik: 2.600-2.800 EUR
Ish vaqti: Haftada 40 soat (5/2)
Ijtimoiy himoya va tibbiy sug'urta taqdim etiladi.
Imtiyozlar: ish vizasi, aviachipta, aeroportdan kutib olish (transfer), ishga joylashish bilan bog'liq xarajatlar, tibbiy sug'urta va qo'shimcha sug'urta polisi ish beruvchi tomonidan qoplanadi. Germaniyada turar joy, ovqatlanish va jamoat transporti chiptalari uchun to'lovlar qoplanmaydi.
Talablar
- Yoshi: 20 dan 36 yoshgacha
- Ta'lim darajasi: o'rta-maxsus, hamshiralik yoki davolash ishi yo'nalishida diplom
- Ish tajribasi: 2-3 yil, malakali
- Nemis tili: kamida B2 darajadagi sertifikat (til bilmaganlar uchun Toshkentda A1 dan B2 gacha bepul kurs, kurs davomida turar joy bepul va imtihon xarajatlari qoplanadi)
- Sinov muddati: 6-12 oy
- Shaxsiy fazilatlar: mas'uliyatlilik, jiddiylik, xushmuomalalik
Manba: Migratsiya agentligi, "Xorijda ish" platformasi, e'lon №1302